Qayd etilişiça, Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bölimi magistranti Abdukarim Mirzayevni huquqiy jihatdan himoya qiliş uçun yollangan advokat vaziyatni örgangaç, kimdir Abdukarim Mirzayevga tegişli raqam orqali şubhali şaxslar bilan muloqotda bölgani haqida xabar bergani, uşbu ma'lumot ortidan jurnalist kuzatilib, söngra qölga olinganini aniqlagan.

Xabarda aytilişiça, 10 dekabrdan 11 dekabrga ötar keçasi harbiy libosdagi tört kişi, şuningdek, fuqaro kiyimidagi şaxslar Abdukarim Mirzayevning uyiga kelib, tintuv ötkazgan. Söng ular hujjatlarni rasmiylaştirib, jurnalistni olib ketişgan.

Ma'lum qilinişiça, Abdukarim Mirzayevni mamlakatdan deportatsiya qiliş töğrisida qaror çiqarilgan. U Migratsiya idorasining çet elliklarni saqlaş bölimiga yuborilgan. 

«Ayni vaqtda deportatsiya töğrisidagi qarorni bekor qiliş, kuzatuvni töxtatiş töğrisidagi da'vo tayyorlanmoqda», - deyiladi ma'lumotda.

Özbekiston rasmiy idoralari holat yuzasidan hozirça bayonot bergani yöq. 

Avvalroq «Ziyouz» portali asosçisi Davronbek Tojialiyev Istanbulga kiritilmay, Özbekistonga deportatsiya qilingani ma'lum bölgandi.