Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Jamoa muxlisi bo‘lib qolaman» – Shota Arveladze «Paxtakor»dan ketganini e'lon qildi
«Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze Toshkent klubini tark etganini e'lon qildi.
«Uch yil o‘tdi. Bugun «Paxtakor» bosh murabbiyligidan ketdim. Zavqli, chiroyli va muvaffaqiyatli yillardan minnatdorman. Muxlislarga, klubga, o‘yinchilarga, xodimlarga va bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. Ushbu klubni boshqarishga imkon berishgani uchun Bobur Shodiyev, Ulug‘bek Muhammedov va Dmitriy Adismandan minnatdorman. Ular muvaffaqiyatga erishish yo‘lida ulkan mehnat qilishdi. Jamoaga yoshlarni jalb etdik, o‘yin uslubini o‘zgartirdik. «Paxtakor»ga kelajakda ham ulkan g‘alabalar yor bo‘lishini va doimo kuchli bo‘lib qolishini tilayman.
Endi «Paxtakor» bosh murabbiyi emasman, ammo doim jamoaning asosiy muxlisi bo‘lib qolaman. Men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi va bu yerda fantastik davrni o‘tkazdim. Biz buyuk jamoa bo‘ldik va buni hech qachon unutmayman», – deydi gruziyalik mutaxassis «instagram»dagi sahifasida.
Ma'lumot o‘rnida, Arveladze «Paxtakor»dagi uch yillik faoliyati davomida ikki martadan O‘zbekiston chempionati va Kubogida, bir bor Liga Kubogida g‘olib bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:18 / 09.04.2026
«Paxtakor» Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etib, Superligada peshqadam bo‘lib oldi
13:12 / 16.03.2026