Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya va Malayziyada koronavirusning yangi shtammlari aniqlandi
Britaniyada koronavirusning yana bitta mutatsiya qilgan yangi turi aniqlandi. Bu haqda mamlakatning sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok ma'lum qildi.
14 dekabrda Angliyada virusning yuqumliroq yangi turi aniqlangani ma'lum qilingandi.
“Bu ikkinchi yangi shtamm katta xavotir uyg‘otmoqda, chunki u avval aniqlangan yangi turdan ham yuqumliroq va unga nisbatan yanada mutatsiya qilgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Xenkok.
Uning aytishicha, mutaxassislar ushbu yangi tur bilan ikki kishi kasallanganini qayd qilishgan. Ularning ikkisi ham JARdan kelgan.
Shu sababli London JARga safarlarga cheklov kiritdi hamda u yerdan keluvchilarga va kasallanganlar bilan yaqin aloqada bo‘lganlarga 2 haftalik karantin joriy qildi.
Avvalroq Xenkok Angliya sharqida koronavirusning yangi turi tarqalayotganini ma'lum qilgandi. U ta'kidlaganidek, ushbu shtamm avvalgisiga nisbatan 70 foiz yuqumliroq hisoblanadi. Ushbu shtamm sababli o‘nlab davlatlar Britaniya bilan xalqaro aviaaloqani to‘xtatishga qaror qildi.
Bundan tashqari, Malayziyada ham koronavirusning yangi turi aniqlangani ma'lum qilindi. New Straits Times nashrining Malayziya sog‘liqni saqlash vazirligi bosh direktori Nur Hisham Abdullaga tayanib xabar berishicha, yangi shtamm Saboh shtatida olingan 60ta namunada aniqlangan.
“Biz ushbu variantning klinik ta'sirini, uning yuqumliligi va tajovuzkorligi darajasini hali o‘rganib chiqishimiz kerak”, deb aytgan Abdulla.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026