Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston yoshlari forumida ishtirok etadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston yoshlari forumida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mamlakat tarixida ilk marta o‘tkazilayotgan ushbu yirik tadbirni tashkil etish tashabbusi davlat rahbari tomonidan shu yil 20 noyabr kuni ilgari surilgan.
“18 dekabr kuni Toshkent shahrida boshlangan forum tadbirlari yanada keng ko‘lam kasb etib, yurtimizning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tdi. Yoshlarimiz vazir va hokimlar bilan ochiq muloqot qilish, hokimiyat va boshqaruv organlarining boshqa vakillari bilan uchrashish, yetakchi ekspert va jamoatchilik faollari bilan muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, bugungi tadbir O‘zbekiston yoshlari forumining mantiqiy yakuni bo‘ladi.
Prezident forumda nutq so‘zlaydi va yoshlar bilan muloqot qiladi. Tadbirning o‘zida 3 ming 300 nafardan ziyod, shuningdek, hududlardagi studiyalarda 26 ming nafar yigit-qiz qatnashishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025