O‘zbekiston | 18:07 / 28.12.2020
14153
1 daqiqa o‘qiladi

So‘rov: Bozorlarda qaysi mahsulotlar narxi oshdi?

Kun.uz aholidan turli mavzularda kun so‘rovi o‘tkazishni davom ettiradi. Galdagi so‘rovnoma savoli – «So‘nggi vaqtlarda oziq-ovqat bozorlarida qaysi mahsulotlar narxi ko‘proq oshdi?»

Toshkentda o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etgan aholi vakillari bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlaridan go‘sht, yog‘ va ayrim meva turlari narxlari sezilarli darajada oshganini aytishdi.

Poliz mahsulotlaridan ayniqsa bodring juda qimmatlashganini, pomidor esa qish bo‘lishiga qaramay arzonlashganini ta'kidlashdi.

«Kun.uz so‘rovi» rukni davom etadi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq korrupsiya, internet, o‘qituvchi va shifokorlar maoshi bo‘yicha ham qisqa so‘rovlar e'lon qilingan edi.

Mavzuga oid