Jahon | 22:03 / 01.01.2021
4595
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada koronavirus sababli kiritilgan cheklovlar kuchaytirildi

Avvalroq Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan koronavirusning yangi shtammi Fransiyagacha yetib borgani ma'lum bo‘lgandi.

Foto: Reuters

Koronavirus infeksiyasi faol tarqalishi sababli Fransiyaning 15ta departamentida cheklovlar kuchaytirildi. Bu haqda hukumatning rasmiy vakili Gabriel Attal ma'lum qildi.

Jumladan, endilikda komendantlik soati 20:00dan emas, balki 18:00dan boshlanadi. 

«Bu murakkab qaror. Bir haftadan so‘ng biz 15 departamentda kengaytirilgan komendantlik soatining ta'sirini o‘rganamiz», — dedi Attal.

Avvalroq Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan koronavirusning yangi shtammi Fransiyagacha yetib borgani ma'lum bo‘lgandi.

Virus mamlakatga JARdan qaytib kelgan erkakda aniqlangan. Infeksionistlar unda 501.V2 Janubiy Afrika shtammi aniqlanganligini tasdiqlashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid