Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Odam amfibiya»ni o‘ynagan aktyor Vladimir Korenev koronavirusdan vafot etdi
Sovetlar davridagi «Odam-amfibiya» filmida bosh rolni ijro etgan aktyor Vladimir Korenev vafot etdi. O‘tgan yilning 20 iyunida aktyor 80 yillik yubileyini nishonlagandi. Aktyorning qizining aytishicha, uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgan.
«O‘limi oldidan u koronavirusga chalinib, «qizil hudud»da yotgandi», deya xabar bergan «Interfaks»ga Irina Koreneva.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin aktyor o‘limi yuzasidan hamdardlik bildirgan. «U ko‘p qirrali, o‘z sohasining yorqin insoni edi», degan Putin.
Vladimir Korenev 1940 yilning 20 iyunida Sevastopolda tug‘ilgan. Teatr va kino aktyorligidan tashqari u pedagogik faoliyat bilan ham shug‘ullangan. Talabaligining so‘nggi bosqichida Korenev rejissyor Vladimir Chebotarevning «Odam amfibiya» filmida bosh rolni o‘ynagan va mashhurlikka erishgan.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026