O‘zbekiston | 08:07 / 06.01.2021
5339
2 daqiqa o‘qiladi

YHXBB Road24 axborot tizimini joriy etadi

2021 yilda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan yo‘l harakati sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha Road24 axborot tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur mobil axborot tizimi yo‘l harakati qatnashchilari va YPX xodimlari uchun qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda axborot kiritish, olish va tarqatish imkoniyatlari mavjud.

Imkoniyatlar orasida:

  • aholini yo‘l-transport hodisasi o‘choqlari haqida tezkor xabardor qilish;  
  • yangi o‘rnatilgan yo‘l belgilari haqida xabardor qilish;
  • chorrahalarda tirbandliklarning oldini olish, muammoli vaziyatlarni kamaytirish;
  • foydalanuvchilar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik holati to‘g‘risida axborotlarni taqdim etish (Road24 dasturi orqali olingan videoyozuvlarni ilova qilib yuborish);  
  • yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar haqida ma'lumotlarni olish;
  • jarimalarni to‘lash imkoniyati;
  • avtomobil yo‘llarining ma'lum muddatga yopilishi (ta'mirlash ishlari) haqida axborotlarni oldindan olish imkoni;
  • har bir foydalanuvchining shaxsiy kabineti;
  • statistik axborotlarni jamlashning yagona tizimini yaratish;
  • transport vositasini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun masofadan turib, onlayn tarzda ruxsatnoma olish bor.

Shuningdek, haydovchi yoki piyoda tomonidan aniqlangan yo‘lda harakatlanish bilan bog‘liq muammolar ushbu dasturda belgilanib, boshqa haydovchilar ogohlantiriladi.

Ko‘zlangan maqsadlardan yana biri — dasturda belgilangan kamchilik va muammolar mas'ullar tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilishi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid