Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronga AQSh va Britaniyadan koronavirusga qarshi vaksinalar olib kirish taqiqlandi
Eronning oliy yetakchisi oyatulloh Ali Hameneiy Eronga AQSh va Britaniyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksinalarning importi taqiqlanishini ma'lum qildi.
“Mamlakatga AQSh va Britaniyadan vaksinalar importi taqiqlanadi. Men bu borada hukumat bilan gaplashdim va hozir buni ochiqcha aytmoqdaman”, deb aytgan Hameneiy Eron televideniyesi efirida.
Hameneiyning ta'kidlashicha, u AQSh va Britaniyada ishlab chiqilgan vaksinalarga ishonmaydi, chunki g‘arb davlatlari “ba'zi holatlarda o‘z vaksinalarini boshqa xalqlarda sinab ko‘rmoqchi bo‘lmoqda”. U Eron o‘zi ishonadigan davlatlardangina vaksina sotib olishga tayyorligini ta'kidlab o‘tgan.
“Agar amerikaliklar haqiqatan ham samarali vaksina ishlab chiqqanida, hozirdagidek vaziyatda bo‘lmasdi. Ular har kuni 4 minglab o‘lim qayd qilmasdi. Xuddi shu gap Britaniyaga ham tegishli”, deb qo‘shimcha qilgan Eron oliy yetakchisi.
29 dekabrda Tasnim axborot agentligi Eronda mahalliy vaksinaning odamlarda sinalishi boshlanganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, sinovlarning 1-bosqichi Tehronda o‘tmoqda va ularda 56 ko‘ngilli ishtirok etadi.
Hozirda Eron koronavirus borasida Yaqin Sharqdagi eng epidemiologik nomaqbul davlat bo‘lib qolmoqda. Mamlakatda pandemiya boshidan beri virusdan 1,2 mlndan ko‘proq kasallanish holati, 56 mingga yaqin o‘lim qayd etilgan.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
13:35 / 18.06.2026