Jahon | 09:28 / 08.01.2021
3236
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada sanitar choralar kuchaytirilmoqda

Foto: Reuters

Fransiya bosh vaziri Jan Kasteks va sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqinini to‘xtatishga qaratilgan yangi choralar kiritilishini e'lon qildi. Bu choralar orasida komendantlik soati amal qilishining kengaytirilishi bor bo‘lib, u 15 departamentda soat 18dan boshlanadi.

Ushbu departamentlarga 8 yanvarda yana 10 departament qo‘shilishi mumkin. Mamlakatning qolgan qismida komendantlik soati 20dan boshlab amal qilishi saqlanib qoladi.
        
Bosh vazir hukumat bar, kafe va restoranlar egalari hamda madaniyat arboblariga peshvoz chiqa olmasligidan afsusdaligini aytgan. Teatr, muzey, kinozallar yanvar oxirigacha, restoranlar esa fevral o‘rtasigacha yopiq qoladi. 

Fransiya hukumati, shuningdek, tashqi chegaralardagi nazoratni kuchaytirmoqda. Britaniya bilan chegara “koronavirusning inglizcha varianti” paydo bo‘lgani sababli yangi ko‘rsatmalar berilgunga qadar yopiq qoladi. Mamlakatga  koronavirusning yo‘qligini tasdiqlovchi PsR-tessiz kirib bo‘lmaydi.

Fransiyada kuniga 15 ming yangi kasallanish holati qayd qilinmoqda. Hukumat bunday og‘ir vaziyatdan chiqishning yagona yo‘lini emlashni tezlashtirishda ko‘rmoqda. “Emlash - birinchi ustuvor vazifadir”, deb ta'kidlab o‘tgan Fransiya bosh vaziri.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid