O‘zbekiston | 08:21 / 08.01.2021
3041
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Winrock filiali qayta ochiladi

Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 6 yanvar kuni bosh tashkiloti AQShda joylashgan Winrock xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish institutining O‘zbekistondagi filiali davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.

Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 6 yanvar kuni bosh tashkiloti AQShda joylashgan Winrock xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish institutining O‘zbekistondagi filiali davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.

Filialning asosiy maqsad va vazifalari – ovqatlanish va ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikni yaxshilashga, oziq-ovqat, tola va yonilg‘i, shu jumladan chorvachilik, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tarqatish hamda tabiiy resurslarni boshqarishni takomillashtirishga ko‘maklashishdir.

Shuningdek, filial AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan “Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” (SMICA, 2019-2024) loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashadi. 

O‘zbekistonda odam savdosining oldini olish, omon qolganlar, jabrlanuvchilarni himoya qilish, xavfsiz migratsiyaga ko‘maklashish, xavf ostida bo‘lgan aholi qatlamining odam savdosi barcha shakllariga nisbatan zaifligini kamaytirishga hamda odam savdosi jabrlanuvchilariga yordam berish va aniqlash usullarini rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan ushbu loyiha budjeti 2,3 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Tashkilotning O‘zbekistondagi filiali 2006 yilda Toshkent sudining qarori bilan «vakolatxona faoliyati e'lon qilingan ustav vazifalariga mos kelmaganligi» uchun yopilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid