O‘zbekiston | 19:12 / 10.01.2021
23743
1 daqiqa o‘qiladi

So‘rov: Repetitorga bormay, OTMga o‘qishga kirsa bo‘ladimi?

O‘quv markaziga bormay, repetitorda qo‘shimcha darslar olmasdan, maktabda berilgan bilimlar bilan oliygoh talabasi bo‘lish mumkinmi?

«Kun so‘rovi» ruknining navbatdagi sonida hamyurtlarimizga shu savol bilan yuzlandik.

Toshkentda o‘tkazilgan so‘rovda qatnashganlarning aksariyati maktab ta'limi OTMga kirish uchun yetarli emas, deya fikr bildirdi. Shu bilan birga, «O‘quvchining o‘ziga bog‘liq» deb hisoblovchilar ham yo‘q emas.

«O‘zim o‘qituvchi sifatida aytaman, qo‘shimcha tayyorgarliksiz oliygohga kirib bo‘lmaydi, – deya qat'iyan fikr bildirdi o‘zini ingliz tili o‘qituvchisi deb tanishtirgan respondent.

«Kun so‘rovi» ruknining boshqa sonlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid