Jahon | 16:10 / 12.01.2021
3072
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiyada Xitoy vaksinasi bilan emlash qachondan boshlanishini ma'lum qildi

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, kasallanish darajasi pasayishi bilan mamlakatda koronavirusga qarshi kurash doirasida kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatib boriladi.

Foto: Anadolu Agency

Turkiyada koronavirusga qarshi emlash kampaniyasi 14 yoki 15 yanvarda boshlanadi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, mamlakatga Xitoy vaksinasi yetkazib berilishi boshlangan.

Anqara shuningdek, Rossiya va Britaniya vaksinalarini ham kuzatib bormoqda, dedi Erdo‘g‘an.

Uning aytishicha, kasallanish darajasi pasayishi bilan mamlakatda koronavirusga qarshi kurash doirasida kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatib boriladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada oxirgi sutkada 10,2 mingta kasallanish holati aniqlangan, 174 kishi vafot etgan. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 2,3 mln kishi kasallikka chalingan, 22,9 ming kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid