Jahon | 17:10 / 12.01.2021
2058
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya antimonopoliya qo‘mitasi WhatsApp’ga nisbatan tekshiruv boshladi

 Turkiya prezidenti matbuot xizmati va mamlakat mudofaa vazirligi xodimlari messenjerdan foydalanishni to‘xtatgan.

Foto: Anadolu Agency

Turkiya antimonopoliya qo‘mitasi WhatsApp messenjeriga nisbatan tekshiruv boshladi. Bu haqda Anadolu Agency xabar bermoqda.

Tekshiruvga messenjerning foydalanuvchilarga oid ma'lumotlarni Facebook’ga berish to‘g‘risidagi yangi siyosati sabab bo‘ldi. 

Qo‘mita tekshiruv yakunlanguniga qadar yangi qoidalarning amal qilishini va WhatsApp foydalanuvchilariga oid ma'lumotlarning taqdim etilish imkoniyatini to‘xtatib qo‘ydi.

Shu bilan birga, Facebook ma'lumotlar almashishni o‘z ixtiyori bilan to‘xtatishi va bu haqda barcha foydalanuvchilarga ma'lum qilishi belgilab qo‘yildi.

Avvalroq WhatsApp foydalanuvchilarga oid shaxsiy ma'lumotlar Facebook korporatsiyasining boshqa barcha dasturlariga ham berilishini ma'lum qilgandi. Kompaniya buni o‘zining Facebook'ga tegishli ekani bilan izohlagan.

Xabar qilinishicha, Turkiya prezidenti matbuot xizmati va mamlakat mudofaa vazirligi xodimlari messenjerdan foydalanishni to‘xtatgan.

Telegram asoschisi Pavel Durov WhatsApp'ning yangi siyosati sabab Telegram foydalanuvchilari soni keskin ko‘paya boshlaganini ma'lum qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid