Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi barcha radarlar to‘liq ishlamoqda – YHXBB
Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish moslamalari bugungi kunda to‘liq ishlayotganini ma'lum qildi.
«To‘g‘ri, oldinroq bu borada ozgina muammolar bo‘lgan edi. Bu muammolar hozirgi kunda yechilgan. Hozirgi kunda birorta ham sertifikatdan o‘tkazilmagan qoidabuzarlikni aniqlash moslamalaridan foydalanilmayapti.
Avvalroq tezlikni o‘lchash (radar) moslamalarida muammo paydo bo‘lgan edi. Ayni paytda ushbu fotoradar moslamalari ishlatilmayapti hamda yo‘llarda o‘rnatilgan radarlar bugungi kun talabiga mos keladi», deydi Erali Bozorov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligi mas'ul xodimi Toshkent shahri chorrahalariga Shveytsariya kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan qoidabuzarliklarni qayd etuvchi videokuzatuv moslamalarining litsenziyasi tugagani aytgan, biroq IIV YHXBB mas'ul xodimi ushbu ma'lumotni rad etib, kameralarga litsenziyalar muayyan muddatga emas, balki umrbod berilganini bildirgandi.
Mavzuga oid
15:49 / 18.07.2025
O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan radarlar ro‘yxati ochiqlandi
15:21 / 17.06.2025
Kamera yozgan qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiksa, jarima qo‘llanmaydi
18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
18:04 / 16.05.2025