Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Senatning yangi binosi qurilishini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 yanvar kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Tashqi ishlar vazirligining Islom Karimov ko‘chasidagi avvalgi binosi Oliy Majlis Senati uchun moslashtirib, ta'mirlanmoqda.
Loyihaga ko‘ra, 6 qavatli eski bino rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha obektlar qurilmoqda. Bugungi kunda muhandislik tarmoqlari montaj qilinyapti, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Xabarda aytilishicha, Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisini o‘tkazish uchun 280 o‘rinli zal tashkil etilmoqda. U milliy naqshlar bilan bezatilib, zamonaviy texnikalar bilan jihozlanadi.
Prezident bu yerda qulayliklarni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

- Parlamentimiz faol ishlayapti. Majlislar paytida bitta qonun loyihasi soatlab muhokama qilinadi. Shuning uchun ishtirokchilarning harakatlanishi, salomatligi, yoshi bilan bog‘liq har bir jihatni e'tiborga olish, shunga yarasha qulaylik yaratish zarur. Zalga quyosh nuri tushib tursa, kayfiyatga, ishga yaxshi ta'sir qiladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yangi binoda delegatsiyalar bilan uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ham barcha sharoitlar yaratiladi.











Mavzuga oid
22:00 / 23.04.2026
Prezident Toshkentdagi Bog‘imaydon mahallasida bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
20:12 / 23.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi gastronomik turizm ko‘chasi faoliyati bilan tanishdi
17:48 / 23.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning hokim bo‘lib ishlagan davrdagi xizmat kabineti va xizmat avtomobili ko‘rsatildi
15:07 / 23.04.2026