Prezident Şavkat Mirziyoyev toğ-kon sanoati va geologiya tarmoğida raqamli hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş böyiça taqdimot bilan tanişdi.

Taqdimotda qayd etilişiça, 2025 yilda toğ-kon sanoati korxonalari mamlakatda işlab çiqarilgan jami sanoat mahsulotining 20 foizini ta’minlagan. Soha korxonalarining budjetga tuşumlari esa 118,5 trillion sömni taşkil etgan.

Ta’kidlanganidek, sun’iy intellekt texnologiyalari geologik ma’lumotlarni tezkor tahlil qiliş, qazilma boyliklarni prognozlaş, zaxiralarni aniq hisoblaş va burğilaş işlari samaradorligini oşiriş imkonini beradi. Şu maqsadda geologiya-qidiruv işlarining barça bosqiçlariga AI yeçimlarini joriy qiliş rejalaştirilgan.

Bugungi kunda sohada xaritalar, qidiruv natijalari, burğilaş ma’lumotlari, laboratoriya tahlillari va işlab çiqariş körsatkiçlari kabi katta hajmdagi ma’lumotlar töplanmoqda. Ularni yagona elektron bazaga jamlaş va 3D modellar orqali tahlil qiliş yangi konlarni aniqlaş imkoniyatlarini kengaytiradi.

Hisob-kitoblarga köra, raqamli texnologiyalardan samarali foydalaniş natijasida mahsulot tannarxini 10 foizga kamaytiriş, yangi konlarni oçiş muddatini ikki barobar qisqartiriş hamda investorlarga taqdim etiladigan takliflar sonini tört baravar oşiriş mumkin.

Taqdimotda 2030 yilgaça geologiya va toğ-kon sanoatiga 30 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qiliş maqsadi belgilangani ham ta’kidlandi. Buning uçun Geologik ma’lumotlar milliy bazasini yaratiş, 36 mingdan ortiq hisobot va birlamçi ma’lumotlarni raqamlaştiriş rejalaştirilgan.

Şuningdek, 2026–2030 yillarda geologiya sohasi hamda oltita yirik sanoat korxonasida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarga asoslangan 44 ta loyihani amalga oşiriş közda tutilgan.