Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasini tasdiqlaydi
Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining uzoq muddatli davlat siyosatini ishlab chiqiladi. Bu haqda 2021 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha bo‘lgan iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasini tasdiqlash;
- iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy strategiya loyihasini tayyorlash nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2020 yil 1 sentabr, mas'ullar - Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), O‘zgidromet, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Mavzuga oid
14:21 / 22.04.2026
Prezident Markaziy Osiyoda iqlim muammolarini hal qilish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi
15:57 / 01.04.2026
Aprelning ilk kunlari issiq va yog‘inlarga boy bo‘ladi
07:39 / 01.04.2026
Xarita: suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan davlatlar
23:36 / 30.03.2026