O‘tgan haftada bo‘lgani kabi yangi hafta kunlari ko‘plab viloyatlarda havo harorati +30 daraja va undan yuqoriga chiqishi kutilmoqda. Hafta oxirlariga borib mintaqaga navbatdagi nam havo oqimlari kirib keladi, bu esa yog‘inlarga sabab bo‘ladi.
Mintaqaga kirib keluvchi sovuq havo oqimlari hamda nam havo oqimlarini shakllantiruvchi bir qancha alomatlarga ko‘ra, joriy aprelda respublikaning katta qismida issiqroq ob-havo bo‘lishi, ayrim hududlarda harorat va yog‘ingarchilik ko‘p yillik me’yorga yaqin bo‘lishi, shimol, vodiy va Toshkent viloyati hududlarida me’yordan biroz kam yog‘in tushishi aniq bo‘lmoqda.










