O‘zbekiston | 17:02 / 18.01.2021
4861
1 daqiqa o‘qiladi

«Vatandoshlar» maxsus jamg‘armasi ta'sis etiladi

Chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik salohiyatini oshirish jarayonlariga faol jalb qilish rejalashtirilmoqda.

2021 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

  • vatandoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko‘rish hamda ushbu maqsadga qaratilgan “Vatandoshlar” maxsus jamg‘armasini ta'sis etish;
  • chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining ijobiy imijini shakllantirish va mustahkamlashga vatandoshlarni keng jalb qilish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2021 yil 10 may, ijro uchun mas'ullar - Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid