Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi avtomobillar qatnovi uchun yopilmoqda
Toshkent shahrida Ahmad Donish ko‘chasining ma'lum qismi avtotransport vositalari qatnovi uchun yopilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu yo‘llarni ta'mirlash ishlarini jadallashtirish, ishlarni tezroq yakunlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yunusobod tumanida Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur shohko‘chasi ustidan o‘tgan ko‘prikning bir tarafi, ya'ni 7-son (oldingi 17-son) shahar klinik shifoxonasidan Yunusobod metrosi yo‘nalishidagi (“Universam”) qismi avtotransport vositalarining qatnovi uchun to‘liq yopiladi.
Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
15:09 / 21.05.2024
Yunusobodda niqob taqqan holda daraxt kesgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi
12:11 / 06.05.2024
Kimnidir bosib qolishi kerakmi? Yunusobodda “zamhokim”ning ham “tishi o‘tmayotgan” masala haqida
12:57 / 05.05.2024
Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi
19:19 / 16.04.2024