Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya kompaniyalari mamlakatdan chiqib ketmoqda
Fransiya banki rahbari Fransua Villerua de Galning so‘zlariga ko‘ra, Brexit Britaniya kompaniyalarining bir qismi va ularning aktivlarini (jami 170 milliard yevro) Fransiya iqtisodiyotiga jalb etishga yordam berdi.
Britaniyaning 50ga yaqin kompaniyasi Brexit sababli Fransiyaga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Fransiya banki rahbari Fransua Villerua de Gal ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Brexit Britaniya kompaniyalarining bir qismi va ularning aktivlarini (jami 170 milliard yevro) Fransiya iqtisodiyotiga jalb etishga yordam berdi. Bank rahbarining ishonch bildirishicha, 2021 yilda bu jarayon yanada tezlashadi.
Ma'lumot berilishicha, Buyuk Britaniyadan Fransiyaga 5 mingga yaqin ish o‘rni ko‘chirilgan.
Moliyaviy yilning dastlabki sakkiz oyida Buyuk Britaniyaning davlat qarzlari 240,9 milliard funt sterlingga (323 milliard dollar) o‘sgan.
Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqini 2020 yil 1 fevralda rasman tark etgandi. Tomonlar yil oxiriga qadar o‘tish davri to‘g‘risida kelishib olgandi.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
21:11 / 03.07.2026