Jahon | 23:23 / 21.01.2021
14477
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning yangi birinchi xonimi millatga ilk murojaatini yo‘lladi

AQShning yangi birinchi xonimi Jill Bayden AQSh xalqiga videomurojaat yo‘llab, unda minnatdorlik bildirdi.

Foto: The New York Times

Jumladan, birinchi xonim o‘z murojaatida amerikaliklarni yangi prezident Jo Baydenning inauguratsiyasi bilan tabrikladi.

“Bu mamlakatimiz uchun yangi yorug‘ bob, biz uchun barchamizga xizmat qiluvchi birdam hukumatga ega umumiy Amerikaga birlashish vaqtidir”, deb aytgan Jill Bayden.

U, shuningdek, “yangi prezidentning inauguratsiyasini millat faxriga aylantirish uchun astoydil mehnat qilgan harbiylar, davlat xizmatchilari, tezkor javob berish xizmatlariga minnatdorlik bildirgan.  

Jo Bayden 20 yanvarda AQSh prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid