«Tarbiya» darsini qaysi fan o‘qituvchilari o‘tishi ma'lum qilindi
2020/21 o‘quv yili 3-chorakdan boshlab, O‘zbekiston maktablarida 1-sinfdan 9-sinfgacha, haftasiga 1 soatdan «Tarbiya» fani o‘qitilmoqda.
Respublika ta'lim markazi axborotiga ko‘ra, yangi fanni:
- 1–4-sinflarda boshlang‘ich sinf rahbarlari;
- 5–11-sinflarda avval «Vatan tuyg‘usi», «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari» fanlaridan dars bergan o‘qituvchilar;
- «Tarix», «Ona tili va adabiyot» o‘qituvchilari o‘qitadi.
Kun.uz markaz matbuot xizmatidan olgan ma'lumotga ko‘ra, hozirda «Tarbiya» fanining 1–9-sinfgacha darsliklari nashr etib bo‘lingan, ammo tarqatish bilan bog‘liq ba'zi muammolar sababli ayrim maktablarga yetib bormagan bo‘lishi mumkin.
Darslikning qardosh tillardagi va rus tilidagi talqini ham chop etilgan.
10–11-sinflar uchun bu dars 2021-2022-o‘quv yilidan boshlanishi ko‘zda tutilmoqda.
Respublika ta'lim markazi tavsiyasiga ko‘ra, dars soatlarini «Umumta'lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlash lozim.
Eslatib o‘tamiz, «Tarbiya» fani maktablarda «Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi», «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari» hamda «Dunyo dinlari tarixi» fanlarini birlashtirgan holda joriy etilgan.
Mavzuga oid
13:56 / 22.11.2024
O‘zbekistonda har yetti o‘quvchidan kamida bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi, nega?
14:33 / 21.11.2024
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
20:51 / 18.11.2024
“Qurollar qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, milliy g‘urursiz ish bitmaydi” - maktablarga harbiy darslar nega kerak?
16:44 / 11.11.2024