24 yanvar kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 24 yanvar kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘ladi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, respublika tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba'zi joylarida qor yog‘ishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:21
O‘zbekistonda yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
13:06 / 26.10.2024
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
12:04 / 26.10.2024
27 oktyabr kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin
15:26 / 25.10.2024