Tom ma’nodagi qaynoq hafta: Özbekistonning jazirama rekordi yangilanişiga bir baxya qoldi. 5 ming nafar özbek Belarusga yuboriladi: birinçi bölib borganlar sarguzaştlarga duç keldi. Hukumat pensiya islohotiga tayyorlanmoqda: loyihaning ayrim tafsilotlari ma’lum. Dörmon yölida mudhiş avariya: PDXX raisi lavozimidan olindi.

Yakunlangan haftaning Özbekiston hayotiga oid asosiy mavzulari – Kun.uz dayjestida.

Özbekistonda çilla

Butun hafta mobaynida özbekistonliklar termik depressiyaning ayni avjini boşdan keçirdi. Köplab hududlarda tarixiy rekord darajaga yaqin haroratlar qayd etildi. Xususan, respublikamizning eng qaynoq nuqtasi – Qizilqum çölida 17 iyul soat 17:00 holatiga havo harorati 48,7 darajaga yetdi. Taqqoslaş uçun, Özbekiston hududida kuzatuvlar tarixidagi eng issiq ob-havo 1983 yilda, 49,8 daraja bilan ayni şu hududda qayd etilgan.

Poytaxt Toşkentda ham 44,6 darajali mutlaq rekord yangilanişiga qariyb 1 daraja yetmadi: juma kuni soat 17:00 holatiga şaharda havo harorati 43,2 darajagaça kötarildi. Bu vaqtda Termiz va Buxoro şaharlarida 45, Qarşida esa 44 daraja issiq hukm surayotgandi.

Odamlar orasida keng tarqalgan: “Rasmiy raqamlar holva, aslida 50-60 darajagaça isiyapti” degan fikrga kelsak, “Özgidromet” bu borada izoh berdi. Meteorologlarga köra, avtomobillardagi sensorlar havo haroratini emas, köproq qizib turgan asfalt yuzasidagi haroratni körsatadi. Maişiy termometrlar ham agar biror predmetning yuzasiga yaqin joyda yoki bevosita quyoş nuri ostida işlatilsa, obektiv natijani bermaydi. Rasmiy ob-havo körsatkiçlari esa qat’iy xalqaro standartlar asosida ölçanadi: bunda harorat ölçagiç ötloq joyda, yer sathidan 2 metr balandlikda joylaşgan yoğoç quti içiga örnatilgan bölib, uning yon tomonlari jalyuzi körinişida ekani – qutining içida havo aylanib turişi va quyoş nuri töğridan töğri tuşmasligini ta’minlaydi.

Hafta davomida jazirama tufayli respublikaning köplab hududlarida boğçalar faoliyati töxtatildi