Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Kapitoliyni qo‘riqlashga jo‘natilgan gvardiyachilardan uzr so‘radi
Birinchi xonim Jill Bayden shaxsan minnatdorlik bildirish uchun harbiy xizmatchilar bilan uchrashgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden Kapitoliy xavfsizligini ta'minlash uchun jo‘natilgan milliy gvardiya xizmatchilarining duch kelgan joyda yotgani aks etgan fotosuratlar chop etilganidan so‘ng ulardan uzr so‘radi.
Baydenning inauguratsiyasi vaqtida politsiyaga yordam berish uchun Vashingtonga 25 ming nafar milliy gvardiya askarlari joylashtirilgandi.
Payshanba kuni e'lon qilingan suratlarda gvardiyachilar yerosti mashinalar turargohida hordiq chiqarishga majbur bo‘lishgani tasvirlangandi.
Bu siyosatchilar o‘rtasida noroziliklarga sabab bo‘ldi, bir nechta shtatlar gubernatorlari milliy gvardiyachilarni chaqirib olishlarini bildirishdi.
OAVning ma'lumot berishicha, juma kuni Bayden milliy gvardiya byuro rahbariga uzr so‘rash va qanday choralar ko‘rish mumkinligini bilish uchun qo‘ng‘iroq qilgan.
Shuningdek, birinchi xonim Jill Bayden shaxsan minnatdorlik bildirish uchun harbiy xizmatchilar bilan uchrashgan.
Milliy gvardiya va Kapitoliy politsiyasi bu holat yuzasidan qo‘shma bayonot berdi va harbiylarga yetarlicha sharoit yaratib berish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borayotganini bildirdi.
Senator Roy Blantning Politico portaliga ma'lum qilishicha, senat qo‘mitasi ushbu holat bo‘yicha tekshiruv boshlagan.
New York Times nashrining xabar berishicha, 19 ming nafarga yaqin gvardiyachi yaqin kunlarda o‘z shtatlariga qaytadi, 7 mingga yaqini esa hozircha Vashingtonda qoladi.
Mavzuga oid
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025