Jahon | 19:35 / 24.01.2021
10209
1 daqiqa o‘qiladi

Isroilda koronavirusning yangi xavfli shtammi aniqlangani ma'lum qilindi 

Foto: Getty Images

Isroilda koronavirusning yangi shtammi aniqlandi. Yediot Ahronot nashrining Isroil harbiy razvedkasi boshqarmasi (AMAN) hisobotiga tayanib xabar berishicha, yangi shtamm jadalroq tarqalish xususiyatiga ega.

Razvedka boshqarmasida ta'kidlanishicha, shu sababli Isroilga xorijdan keluvchilar karantinga olinishi lozim.

Shuningdek, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tez kunlar ichida Sog‘liqni saqlash vazirligi va hukumat huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi bilan Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroportining 2 haftaga yopilishi masalasini muhokama qiladi.

Mavzuga oid