Livan va Isroil örtasidagi navbatdagi eskalatsiya 2 mart kuni, «Hizbulloh» Isroilning şimoliy hududlari böylab raketalar uçirganida boşlangandi. 17 aprel kuni tomonlar ön kunlik otaşkesim böyiça kelişib olişdi, ammo tört kun ötib vaqtinçalik sulh buzildi – «Hizbulloh» dronlari kirib kelişi tufayli Isroil şimolida yana sirenalar ovozi yangray boşladi. Şundan keyin Isroilning Bayrutga havo zarbalari hamda Isroil qöşinlarining Livan janubida oldinga yurişi kuzatildi; «Hizbulloh» bunga Isroil hududlarini öqqa tutiş bilan javob qaytardi.
May oyi oxiriga kelib Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Livan janubidagi quruqlik amaliyoti kengaytirilgani haqida e’lon qildi. Isroillik harbiylar Livan içkarisiga çuqurroq kirib, Litani daryosini kesib ötdi, 2024 yilgi kelişuvga köra uşbu daryo «Hizbulloh» uçun çegara etib belgilangandi. Isroil mudofaa armiyasining hisoblaşiça, «Hizbulloh» sönggi vaqtlardagi aksar hujumlarini aynan şu hududdan turib amalga oşirmoqda.
30–31 may kunlari Isroil armiyasining «Gölani» brigadasi Bofor qal’asini egallab oldi – bu XII asrda salibçilar tomonidan qurilgan va Livanning Nabatiya şahri janubida joylaşgan qal’adir. Qal’a uzra Isroil bayroği kötarilgan.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Bofor qal’asi mamlakat şimolidagi aholi yaşaş manzillarini himoya qiliş uçun muhim strategik nuqtalardan biri ekanini ta’kidlab, «bu kampaniya hali yakuniga yetmagani»ni qöşimça qildi.
Netanyahu Bofor qal’asi egallanişini Isroil siyosatidagi «jiddiy buriliş» deb atadi. «44 yil avval bu joy askarlarimizning qahramonona kuraşi ramzi, şu bilan birga, jamiyatdagi çuqur böliniş ramziga aylangandi. Bugun Boforga boşqaça bölib qaytdik. Biz birlaşgan, qat’iyatli va har qaçongidan ham kuçliroq bölib qaytdik», – degan u. Isroil boş vaziri endi Isroil kuçlari yanada içkari yurişi va ilgari «Hizbulloh» nazoratida bölgan hududda öz ta’sirini kengaytirişi lozimligini aytdi. 1 iyun kuni u mamlakat boş vaziri Israel Kats bilan qöşma bayonot e’lon qilib, unda Bayrutning «Hizbulloh» ta’sir doirasida bölgan janubiy çekkalariga zarba berişga buyruq berilganini ma’lum qildi.
Bofor qal’asi egallab olinişiga Livanning özida ham, Yevropada ham tezkor munosabat bildirildi. Xususan, Livan boş vaziri Navaf Salom telemurojaat bilan çiqib, Isroilni «şahar va qişloqlarni vayronaga aylantirib, aholini quvğin qiliş» yöli bilan «yondirilgan yer» va livanliklarni «kollektiv jazolaş» siyosatini yuritişda aybladi.
Fransiya 31 may kuni BMT Xavfsizlik kengaşining şoşilinç yiğilişini çaqirişni söradi. «Isroilning Livandagi harbiy amaliyotlarini davom ettirişini va Livan hududining tobora köproq qismi işğol etilişini heç narsa bilan oqlay bölmaydi», – dedi Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro BFMTV telekanaliga bergan intervyusida va Isroilning harakatlarini «jiddiy xato» deb atadi.








