Jahon | 08:08 / 26.01.2021
5449
3 daqiqa o‘qiladi

Trampga impichment e'lon qilinishi masalasi senatda hal qilinadi

Foto: Reuters

AQSh vakillar palatasi sobiq prezident Donald Trampga impichment e'lon qilish bo‘yicha rezolyutsiyani ko‘rib chiqish uchun senatga topshirdi.

AQSh telekanallari vakillar palatasi boshqaruvchilari Kapitoliyning senat joylashgan boshqa qanotiga yo‘l olib, Trampga impichment e'lon qilish bo‘yicha rezolyutsiyani senatga topshirishganini yoritib borgan. Bu esa impichment jarayoni rasman boshlanganini anglatadi. Biroq demokratlar va respublikachilar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Tramp ishi bo‘yicha tinglovlar 8 fevraldan boshlanuvchi haftadan start oladi.

Vakillar palatasi Trampga impichment e'lon qilishga 13 yanvarda ovoz bergan. Tramp 6 yanvarda o‘z tarafdorlarining Kapitoliyga bostirib kirishiga olib kelgan g‘alayonga undashda ayblanmoqda. 

Agar sud ko‘rinishida o‘tadigan senatdagi jarayon Trampga impichmentni ma'qullasa, unda sobiq prezident yangi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘yish va davlat lavozimlarini egallash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Trampga impichment e'lon qilinishiga ba'zi respublikachi senatorlar qarshi chiqmoqda. Jumladan, senator Marko Rubio Trampga impichment e'lon qilish bo‘yicha jarayon “ahmoqlik” hisoblanishi va Tramp 6 yanvardagi ba'zi voqealarga javobgar bo‘lsa ham, u AQShga ziyon yetkazishini aytgan.

“Men buni ahmoqlik deb hisoblayman. Davlatimizda olov gurillab yonayotgan vaqtda ushbu sud bu olovga benzin sepishdek gapdir”, deb aytgan Rubio.   

“Fikrimcha, ko‘plab amerikaliklar senat o‘z vaqtini o‘z lavozimini bir hafta oldin tark etgan odamni qoralash va lavozimdan chetlatish uchun sarflashini noto‘g‘ri qabul qilishadi”, deb aytgan yana bir respublikachi senator Tom Kotton.

Sud jarayonini bekor qilish bo‘yicha ovoz berish senatda endilikda demokratlar ko‘pchilikni tashkil qilayotgani sababli muvaffaqiyat qozonishi dargumon. Biroq respublikachi muxolifat Respublikachilar partiyasidan ko‘plab senatorlar Trampning oqlanishi uchun ovoz berishlarini ta'kidlamoqda. Trampga impichment e'lon qilinishi uchun 17 respublikachi ovoz berishi kerak, chunki ushbu qarorni senatorlarning uchdan ikki qismi qo‘llab-quvvatlashi lozim.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid