Jahon | 00:43 / 26.01.2021
2920
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya va Gretsiya dengiz chegaralari bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi

Foto: EPA

Turkiya va Gretsiya dengiz chegaralari bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar berdi. 

Anqara va Afina 2002 yildan 2016 yilgacha bu masala bo‘yicha 60ta muzokara o‘tkazgan, so‘ngra ular Gretsiya tomonining e'tiroziga ko‘ra to‘xtatilgan.    

Gretsiya faqat Egey dengizi va Sharqiy O‘rta yer dengizi suv hududlarining demarkatsiyasi masalasini, Turkiya esa barcha masalalarning, jumladan havo hududi va Egey dengizidagi ba'zi orollar maqomini hal qilmoqchi.

Bundan tashqari, Turkiya Gretsiyani xalqaro va ikki tomonlama kelishuvlarga zid ravishda Egey orollarining harbiylashtirilishida ayblaydi. Gretsiya Turkiyaning bu e'tirozlarini rad etmoqda va ikki davlat o‘rtasidagi yagona muammo dengizdagi delimitatsiyalash hisoblanishini aytmoqda.  

O‘tgan hafta Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis ikki tomon o‘zaro kelisha olmasa, juda bo‘lmasa bahsning xalqaro organlarga berilishi yo‘li bo‘yicha kelishishlari lozimligini aytgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid