O‘zbekiston | 07:52 / 28.01.2021
12951
1 daqiqa o‘qiladi

«Issiqlik elektr stansiyalari» boshqaruvida o‘zgarish yuz berdi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJda energetika vaziri raisligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda Farhod Abdurahmonov “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi.

Farhod Abdurahmonov o‘z faoliyatini 2004 yilda “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyatida boshlagan, u ushbu korxonada turli lavozimlarda ishlagan, 2015 yildan buyon aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, Abduhamid Jo‘rayev “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Abduhamid Jo‘rayev bunga qadar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid