O‘zbekiston | 12:00 / 28.01.2021
111204
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Umurtqa pog‘onasi disk churrasidan bir kunda qanday xalos bo‘lish mumkin?

Umurtqa pog‘onasi disk churrasi (gryja) – bu hozirgi zamonaviy hayot tarzini kechirayotgan insonlarda juda ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri hisoblanadi. Og‘ir yuklarni ko‘tarish, kam harakat qilish va o‘tirib ishlash tarzi ko‘p hollarda disk churrasi paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi va bemorlar nevropatologlarga murojaat qiladi.

Ko‘p holatlarda konservativ davolash uslublari yaxshi samara beradi, bemorlar beldagi va oyoqlardagi og‘riqdan xalos bo‘ladi. Bemorlarda dori darmonlar, fiziomuolajalar va manual terapiya kabi davolash uslublari yetarli samara bermasa, bunday holatlarda jarrohlik uslublariga murojaat qilinadi. Jarrohlik amaliyotlari ham bemorga jarohat yetkazish darajasiga qarab bir necha xil uslublarga bo‘linadi. Bular asosan an'anaviy va bemorga kam jarohat yetkazib bajariladigan jarrohlik uslublaridir.

Albatta hozirgi kunda yuqori texnologik, bemorga kam jarohat yetkazib o‘tkaziluvchi jarrohlik uslublari butun dunyo tibbiyotida ommalashib bormoqda. Buning asosiy sababi, bemorni tezroq mehnat faoliyatiga hech qanday og‘riqlarsiz qaytarish. Ushbu maqolada sizga O‘zbekiston amaliyotida mavjud bo‘lgan zamonaviy jarrohlik uslublarining ba'zilari xaqida qisqacha ma'lumot berilgan va ularning afzalliklari sanab o‘tilgan.

1. Sovuq plazmali nukleoplastika (Xolodnoplazmennaya nukleoplastika)

Bu uslub umurtqa pog‘onasida joylashgan disk churralarini kam jarohat yetkazgan holda, xavfsiz va samarali davolashning muvaffaqiyatli uslubi ekanligini namoyon qildi. Ushbu innovatsion uslubda bemorda qon yo‘qotish, kasalxonaga yotqizish zarurati bo‘lmaydi va uzoq muddatli reablitatsiya talab etilmaydi. Uslubning mohiyati shundan iboratki, ingichka uzun igna bilan umurtqalararo joylashgan disk churrasiga yetib boriladi, igna orqali maxsus elektrod kiritiladi, elektrod uchida hosil bo‘lgan sovuq plazma yordamida diskning ichki bosimi kamaytiriladi. Bu o‘z navbatida tashqariga chiqib ketgan disk churrasini ortga qaytib, nerv to‘qimasini bosishiga barham beradi.

2. Nukleotomiya va annuloplastika

Bu uslub nisbatan kattaroq disk churralarida o‘tkaziladigan uslub bo‘lib, nukleoplastika va endoskopik jarrohlik uslublari o‘rtasidagi oraliq jarrohlik amaliyoti hisoblanadi. Bu uslubda nukleoplastikadan farqli ravishda kichik qisqichlar (3 mm) yordamida disk churrasi joylashgan umurtqa pog‘onasi qismidan ko‘proq qismi olishga harakat qilinadi. Maqsad disk ichki bosimini yanada ko‘proq kamaytirish va tashqariga chiqib ketgan diskni ortga qaytarishiga ko‘proq imkon yaratish.

3. Endoskopik uslub

Bu uslub har qanday kattalikdagi disk churrasini umurtqa pog‘onasi butunligi va mustahkamligini buzmagan holatda olib tashlash imkonini beruvchi eng zamonaviy uslub hisoblanadi. Operatsiya jarayonida bemor terisi 8 mm kesiladi va umurtqa pog‘onasi disk churrasi joylashgan joyga diametri 6.5 mm bo‘lgan maxsus endoskop yordamida yetib boriladi. Endoskop orqali 3 mm li qisqichlar yordamida har qanday kattalikdagi disk churrasi olib tashlanadi. Endoskop maxsus yoritgich va tasvirni 25 martagacha  kattalashtirib ko‘rsatuvchi kameralar bilan jihozlangan bo‘lib, bu jarrohlik amaliyotlarini juda aniqlik bilan bajarilishiga imkon beradi. Odatda operatsiyadan so‘ng bemorga operatsiya kunining o‘zida harakatlanishiga ruxsat beriladi. Umurtqa suyaklarining tabiiy holati saqlab qolinishi, bemorga tez tiklanishiga imkon beradi.

Endoskopik jarrohlik uslubining asosiy afzalliklari:

  • Aksariyat holatlarda endoskopik operatsiyalar umumiy narkozsiz va faqat mahalliy og‘riqsizlantirish ostida o‘tkaziladi;
  • Jarohat joyi 7-8 mm kesiladi va jarohatga chok qo‘yilmaydi. Operatsiyadan so‘ng jarohat joyida deyarli chandiq qolmaydi;
  • Jarohat joyining kichikligi jarohat joyiga infeksiya tushish xavfini keskin kamaytiradi (jarohat yiringlashining oldini oladi);
  • Operatsiya jarayonida bemorning qon yo‘qotishi juda oz miqdorni tashkil etadi (10-15 ml);
  • Hech qanday suyak tizimiga zarar yetmaydi va umurtqa pog‘onasi tabiiy mustahkamligi saqlab qolinadi va bu o‘z navbatida umurtqa pog‘onasida kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarning ham oldini oladi;
  • Aksariyat holatlarda bemorlarga operatsiya kunining o‘zida turib yurishga ruxsat beriladi va operatsiyaning ertasi kuni uyiga ketishi mumkin;
  • Eng asosiysi endoskopik jarrohlik amaliyotida mukammal yorug‘lik va tasvirni 25 marta kattalashtirib ko‘rsatilishi ochiq uslubga nisbatan operatsiya jarayonidagi asoratlarni keskin kamaytiradi. Asoratlar ko‘rsatkichlarining kamligi endoskopiya operatsiyalarning asosiy yutug‘i hisoblanadi.

Quyidagi videolavhada «Chinobod Fayz Plyus» xususiy klinikasidagi umurtqa pog‘onasi disk churralarini davolashning zamonaviy uslublari haqida qisqacha ma'lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Hozirgi kunda umurtqa pog‘onasi disk churralarini davolashning zamonaviy jarrohlik uslublari Farg‘ona vodiysida «Chinobod Fayz Plyus» xususiy klinikasida yo‘lga qo‘yilgan va yuzlab bemorlar beldagi, oyoqlardagi og‘riqlardan xalos bo‘ldi. Agar siz va yaqinlaringizda bel, oyoqlarda og‘riqlar bo‘lsa bizning klinikamizga murojaat qilishingiz mumkin.

«Chinobod Fayz Plyus» klinikasi manzili: Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Chinobod shaharchasi

Murojat uchun telefonlar: +99890 573 00 83, +99899 517 00 83

Shifoxonamizda davolangan bemorlar videolari bu yerda: t.me/bemorlarfikri

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid