Umurtqa pog‘onasi disk churrasi (grija) – bu hozirgi zamonaviy hayot tarzini kechirayotgan insonlarda juda ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri hisoblanadi. Og‘ir yuklarni ko‘tarish, kam harakat qilish va o‘tirib ishlash tarzi ko‘p hollarda disk churrasi paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi va bemorlar nevropatologlarga murojaat qiladi.
- Ko‘p holatlarda konservativ davolash uslublari yaxshi samara beradi, bemorlar beldagi va oyoqlardagi og‘riqdan xalos bo‘ladi. Bemorlarda dori darmonlar, fiziomuolajalar va manual terapiya kabi davolash uslublari yetarli samara bermasa, bunday holatlarda jarrohlik uslublariga murojaat qilinadi. Jarrohlik amaliyotlari ham bemorga jarohat yetkazish darajasiga qarab bir necha xil uslublarga bo‘linadi. Bular asosan an'anaviy va bemorga kam jarohat yetkazib bajariladigan jarrohlik uslublaridir.
Albatta hozirgi kunda yuqori texnologik, bemorga kam jarohat yetkazib o‘tkaziluvchi jarrohlik uslublari butun dunyo tibbiyotida ommalashib bormoqda. Buning asosiy sababi, bemorni tezroq mehnat faoliyatiga hech qanday og‘riqlarsiz qaytarish. Ushbu maqolada sizga O‘zbekiston amaliyotida mavjud bo‘lgan zamonaviy Endoskopik jarrohlik uslubi hqisqacha ma'lumot berilgan va uning afzalliklari sanab o‘tilgan.
Bu uslub har qanday kattalikdagi disk churrasini umurtqa pog‘onasi butunligi va mustahkamligini buzmagan holatda olib tashlash imkonini beruvchi eng zamonaviy uslub hisoblanadi. Operatsiya jarayonida bemor terisi 8 mm kesiladi va umurtqa pog‘onasi disk churrasi joylashgan joyga diametri 6.5 mm bo‘lgan maxsus endoskop yordamida yetib boriladi. Endoskop orqali 3 mm li qisqichlar yordamida har qanday kattalikdagi disk churrasi olib tashlanadi. Endoskop maxsus yoritkich va tasvirni 25 martagacha kattalashtirib ko‘rsatuvchi kameralar bilan jihozlangan bo‘lib, bu jarrohlik amaliyotlari juda aniqlik bilan bajarilishiga imkon beradi. Odatda operatsiyadan so‘ng bemorga operatsiya kunining o‘zida harakatlanishiga ruxsat beriladi. Umurtqa suyaklarining tabiiy holati saqlab qolinishi, bemorga tez tiklanishiga imkon beradi.
Endoskopik jarrohlik uslubining asosiy afzalliklari:
- Aksariyat holatlarda endoskopik operatsiyalar umumiy narkozsiz va faqat mahalliy og‘riqsizlantirish ostida o‘tkaziladi;
- Jarohat joyi 7-8 mm kesiladi va jarohatga chok qo‘yilmaydi. Operatsiyadan so‘ng jarohat joyida deyarli chandiq qolmaydi;

















