Jahon | 12:55 / 31.01.2021
4984
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada harbiylar koronavirusga qarshi kurashga jalb qilindi

Yaponiya mudofaa kuchlari otryadlari koronavirus avj olishi qayd qilingan Miyakodzima oroliga jo‘natildi. Harbiylar tibbiy xodimlarga koronavirusga qarshi kurashda ko‘mak ko‘rsatadi.

NHK teleradiokompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Miyakodzimada 5 kun ichida koronavirusga chalingan 110 kishi aniqlangan. Ushbu orolda 55 mingga yaqin odam yashaydi.

30 yanvarda Yaponiyada koronavirusning “britan” shtammi bilan birinchi kasallanish o‘chog‘i aniqlangan. Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Tokio bilan qo‘shni Saytama prefekturasida bir joyda ishlovchi 3 kishi ushbu shtamm bilan zararlangan. Ularning barchasi virusni bir kishidan yuqtirib olishgan. Hozirda bemorlar shifokorlar kuzatuvida qolmoqda.   

Yaponiya hukumati ayni vaqtda mamlakatning bir qator hududlarida amal qilayotgan favqulodda vaziyat rejimini yana bir oyga uzaytirish masalasini o‘rganmoqda. Favqulodda vaziyat rejimi 7 fevralgacha 11 ta prefekturada, jumladan poytaxt Tokioda amal qiladi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid