Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada transferlar oynasi yopilmoqda. Asosiy intrigalar
2 fevralga o‘tar kechasi Yevropaning asosiy ligalarida qishki transferlar darichasi yopiladi. Dedlayn:
- Bundesliga - 00:00 (Toshkent vaqti)
- A Seriya - 00:00
- APL, La Liga, Liga 1 - 04:00 (Toshkent vaqti bilan seshanba - Angliyada transferlar darichasi kecha yopilishi kerak edi, ammo dam olish kuni bo‘lgani sababli muddat bir kunga uzaytirildi)
- Rossiyada transferlar 25 fevralga qadar davom etadi.
Bu qishda bir qator yirik transferlar amalga oshib bo‘ldi, so‘nggi kunda ham shov-shuvli transferlar ro‘y berishi mumkin - katta ehtimol bilan ijara shartnomalari tuziladi. Asosiy voqealar APL jamoalari ishtirokida bo‘lishi kutilmoqda.
«Liverpul» baribir himoyachi oladimi? Balki birdaniga ikkita?

Markaziy himoyachi Joel Matipning navbatdagi jarohatidan keyin Yurgen Klopp himoya uchun nomzodni yarim himoya chizig‘idan emas, transfer bozoridan qidirishga qaror qildi. Nomzodlar ko‘p edi: Sokratis, Mustafi, Sven Botman («Lill»), Issa Diop («Vest Hem», Bremer («Torino»).
U yakunda Ben Devis variantida to‘xtaldi. «Tottenhem»ning chap oyoqda o‘ynovchi uelslik futbolchisi emas, «Preston»dan bo‘lgan 25 yoshli chap oyoqda o‘ynovchi angliyalik. APLda hali hech qachon maydonga tushmagan bu futbolchi uchun 2 mln funt sterling so‘rashmoqda.
Shu bilan masala yopilmaydi: Angliya chempionlari radarida «Marsel»ning xorvatiyalik himoyachisi Duye Chaleta-Tsar ham bor. Times va RMC manbalari futbolchi shaxsiy shartnomani kelishib olgani, ammo fransuzlar klubi transferga hali rozi bo‘lmagani – ular bu muhim futbolchisi uchun o‘rinbosar topishga ulgurmasligidan xavotirda ekani haqida yozishgan. «Liverpul»da bu transferni rasmiylashtirish uchun bir kun vaqt qoldi. Shuningdek, «Shalke»dan O‘zan Kabak olinishi ham mumkin, nemislar klubi o‘rinbosar topilsagina
Dele Alli «PSJ»ga ketadimi?

Allining ketishi bilan bog‘liq xabarlar kuzdan beri tinmayapti, Parijga ushbu yarimhimoyachining sevimli murabbiyi Maurisio Pochettino kelgach esa, bu masala hal bo‘lgandek edi. «Tottenhem»dagilar voqealarning bunday rivojiga qarshi emasdek – Joze Mourino ushbu futbolchini rejalariga kiritmagan.
Ammo Daniel Levi Deleni agar o‘rniga o‘rinbosar topsagina ijaraga berishga rozi bo‘lishi aytilmoqda. Hozircha unga o‘rinbosar olinmadi, insayderlar David Ornshteyn va Fabritsio Romano endilikda ushbu transfer amalga oshishiga shubha bilan qarashmoqda. Katta ehtimol bilan Alli «Tottenhem»da qoladi, bu esa u Yevropa chempionatisiz ham qoladi deganidir.
Kristian Eriksenning ishi nima bo‘ladi?
Daniyalik futbolchining Italiyadagi ishlari uncha yurishmadi, shu tufayli Angliyaga qaytish mantiqiy davomdek ko‘rinadi. Unga sobiq klubi «Tottenhem» va «Lester» da'vogar – Brendan Rojyers Eriksenning kelishiga shaxsan qiziqish bildirmoqda.
To‘g‘ri, so‘nggi haftalarda Kristian milanliklar klubining asosiy tarkibiga kirdi, Italiya kubogi doirasida «Milan»ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda g‘alaba golini urdi, A Seriya doirasida «Benevento»ga qarshi o‘yinda (4:0) to‘qson daqiqa davomida maydonda bo‘ldi. Eriksenning maoshi yuqori ekani hisobga olinsa, u kamida yana yarim mavsumni «Inter»da o‘tkazadi.
«Roma» va «Inter» Edin Jyeko va Aleksis Sanchesni almashmoqchi. Ulgurishadimi?

Edin Jyeko «Roma» bosh murabbiyi Paulu Fonseka bilan janjallashib qoldi va jamoa mashg‘ulotlaridan chetlashtirildi. Hujumchining yana bir yarim yillik shartnomasi bor, ammo rimliklar klubi katta maosh oluvchi ushbu futbolchisini berib yuborish uchun variantlar qidirmoqda.
Angliyadagi klublardan tashqari uni «Inter» bilan almashish varianti bor – bu holda «Roma»ga Aleksis Sanches yo‘l oladi. Gazetta Dello Sport ma'lumotiga ko‘ra, klublar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan, lekin tomonlar kelisha olishmagan – milanliklar Jyekoga katta miqdorda maosh to‘lashga rozi emas.
Balki transferlarning so‘nggi kunida tomonlar murosaga kela olar. Ayni vaqtda Edinni Angliyada ikki klub – «Vest Hem» va «Everton» kutmoqda. Yana bir xaridor – «Fenerbahche», lekin moliyaviy muammolari bor bu klub yaqinda O‘zilning maoshi uchun pulni fanatlarning xayriyasi evaziga to‘plagandi.
Sem Ellardays ligani tark etishdan qutulib qolish uchun kimni sotib oladi?
Katta Semga yana bir jamoani Chempionshipga tushib ketishdan qutqarib qolish vazifasi qo‘yilgan – u endi bu ishni «Vest Bromvich» bilan uddalashga harakat qilib ko‘radi. Jamoaning transferlar oynasidagi nishoni – hujumchi. Inglizcha futbolga mos, yuqori qavatda ustun kelib boshi bilan ko‘p gol urishga ixtisoslashgan baland bo‘yli hujumchi.
The Telegraph ikki asosiy nomzod haqida yozmoqda – «Kristal Pelas»dagi Kristian Benteke va «Nyukasl»dagi Endi Kerroll. Ularning ikkisi ham avval Ellardays bilan birga ishlagan.
Ensli Meytland-Naylzni «Arsenal»dan kim olib ketadi?

Kutilmaganda «Arsenal»ning universal jangchisi Angliya bozoridagi eng xaridorgir futbolchiga aylandi – Arteta bu yigitga o‘yin amaliyoti bermayapti.
Meytland-Naylzga liganing qator jamoalari xaridor: «Lester», «Sauthempton», «Nyukasl», «Vest Bromvich», «Vulverhempton». Shuningdek, Kiran Tripper uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilingani tufayli unga o‘rinbosar qidirayotgan «Atletiko» ham bor.
The Athletic ushbu kurashda «Sauthempton»ni favorit deb hisoblamoqda, bu jamoa Enslini ijaraga olishga ham, uning transfer huquqini to‘liq sotib olishga ham tayyor. Futbolchining o‘zi «Lester»ga o‘tishni ma'qul ko‘rmoqda, ammo «Arsenal» to‘g‘ridan to‘g‘ri raqibi tarkibini kuchaytirishni istamayapti. «Vest Brom» va «Nyukasl»da imkoniyat kamroq.
«Ayaks» Promes uchun o‘rinbosar topa oladimi?

Rossiyada transferlar darichasi yana qariyb bir oy vaqt davomida ochiq bo‘lsa-da, Kuinsi Promesning «Spartak»ka qaytishi «Ayaks» ushbu futbolchiga o‘rinbosar topishiga bog‘liq.
De Telegraaf xabariga ko‘ra, klub «Sevilya» bilan Ussama Idrissining ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishgan. 24 yoshli marokashlik ijaraga olinadi, faqat rasmiy e'lon qilinishi qolgan.
«Everton» Perishichni tarkibga qo‘shib oladimi?
Karlo Anchelotti esa jamoasiga yulduzlarni jalb qilishda davom etadi. Bu safar «Inter»dagi mavsumni yaxshi o‘tkazmayotgan Ivan Perishich. FootballInsider247 ma'lumotiga ko‘ra, xorvatiyalik yarimhimoyachi BAAga ketayotgan braziliyalik Bernardning o‘rnini to‘ldiradi.
Bundan tashqari, «Bavariya»ning 19 yoshli forvardi Joshua Zirkzeye «Parma»ga ijaraga beriladi, «Arsenal» «Kristal Pelas»ning chap qanot himoyachisi Van Anxoltni tarkibga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda, «Bornmut» forvardi Joshua King APLga qaytadi (The Athletic u «Sauthempton» hujumchisi Sheyn Longga almashtirilishi haqida yozgan).
Mavzuga oid
15:40 / 06.02.2026
Qishdagi asosiy transferlar: «Siti» yana faol, Endrik «baxti»ni topdi, Saudiyada mojarolar
20:12 / 02.02.2026
Qishki transferlarning so‘nggi kunidagi 10 intriga
16:36 / 22.12.2025
Semenyo – qishki transferlardagi asosiy aktiv. U qaysi klubga o‘tadi?
16:10 / 07.02.2025