Jahon | 02:00 / 02.02.2021
5210
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada konstitutsiya yangilanishi mumkin

Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, yangi konstitutsiya ustidagi ishlar shaffof olib borilishi, yakuniy matn esa xalq e'tiboriga havola qilinishi lozim.

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda yangi konstitutsiya qabul qilinishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Onado‘lu agentligi xabar bermoqda.

"Ehtimol, Turkiyada yangi konstitutsiyani qabul qilishni yana muhokama qilish vaqti kelgandir", -dedi u respublika vazirlar mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha.

"Agarda Xalq alyansi bo‘yicha hamkorimiz bilan murosaga kelsak, yaqin davrda yangi konstitutsiya bo‘yicha choralar qabul qilishimiz mumkin", -deya qo‘shimcha qildi Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, yangi konstitutsiya ustidagi ishlar shaffof olib borilishi, yakuniy matn esa xalq e'tiboriga havola qilinishi lozim.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid