Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koson hokimining odam o‘limiga sababchi bo‘lgan Captivasi yangisiga almashtiriladi
Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimining Captiva rusumli xizmat avtomashinasi 60 yoshli Sherali Jumaqulovni urib yuborgan va fuqaro voqea joyida vafot etgandi. Tuman hokimligi mazkur avtomashinani yangisiga almashtirishni ko‘zlagan.
2020 yilning dekabrida Koson shahridagi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika yaqinidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida avtohalokat yuz bergan. Natijada 60 yoshli Sherali Jumaqulov voqea joyida vafot etgan.
Qashqadaryo viloyat IIBning ma'lum qilishicha, «CAPTIVA» rusumli, 70 027 KAA davlat raqamli avtotransport vositasi Koson tuman hokimligiga qarashli bo‘lgan.
Koson tuman hokimligi 2021 yilning 1 fevral kuni Captiva-2 xizmat mashinasini trade-In tartibida xarid qilish uchun 260 mln so‘mlik shartnoma imzolagan.
Buning uchun tuman hokimi Asrol Boyqorayevning shu yil 29 yanvardagi x-22/01-sonli qarori bilan tuman mahalliy budjetining zaxira jamg‘armasi hisobidan 262 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

Shunga muvofiq, tuman hokimligi va «AS-Kashkadarya Servis» ShK o‘rtasida trade-In dasturi asosida «CAPTIVA-2» (2,4) S7 rusumli avtomashina uchun 260 mln 456 ming so‘mlik shartnoma imzolangan.
Viloyat IIB xabarida dastlabki tergov harakatlari davomida xizmat avtomobili tuman hokimining birinchi o‘rinbosariga biriktirilgan avtomashina haydovchisi Rahim Jo‘rayevga boshqarish uchun tegishli hujjatlar asosida topshirilgani va hodisa kuni aynan u avtomashinani boshqargani aytiladi.
Ammo, marhumning yaqinlari Rahim Jo‘rayev o‘sha kuni rulda bo‘lmagani, mashinani tuman hokimining o‘zi yoki uning o‘g‘li boshqargan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026