O‘zbekiston | 07:54 / 04.02.2021
4315
1 daqiqa o‘qiladi

4 fevral kuni O‘zbekistonda havo yanada isiydi 

4 fevralda kunduz kuni O‘zbekistonda havo yanada isiydi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Qayd etilishicha, bugun yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 12-17 daraja iliqqacha isiydi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduz kuni harorat 13-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduz kuni 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid