Iqtisodiyot | 19:41 / 05.02.2021
9296
2 daqiqa o‘qiladi

Ziraat Bank’ning yangi boshqaruv raisi tayinlandi

Ziraat Bank’ning Marketing va sotish bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Zafer Jonpo‘lat bank boshqaruv raisi sifatida tasdiqlandi. Bu haqda Korporativ axborotlar yagona portalida ma'lumot berildi.

Zafer Jonpo‘lat 1976 yil Turkiyaning Elazig shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy: Turkiyaning Gazi universitetida Xalqaro munosabatlar sohasida bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qigan.

Bankir 1998 yildan boshlab bank sohasida turli lavozimlarida ishlagan. 2019 yil avgust oyidan boshlab Ziraat Bank Uzbekistan AJda boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma'lumot uchun, Ziraat Bank 1993 yilda 2ta yirik bank – Turkiyaning «Ziraat bankasi» va O‘zbekistonning Agrobanki kapitali ishtirokida tashkil etilgan.

2017 yil 31 noyabrda Turkiya banki Agrobankning 50 foiz aksiyalarini sotib olishi natijasida bankning to‘liq egasiga aylangan. Bugungi kunda bankning 19ta mamlakatda filiallari va shu'ba banklari mavjud.

Mavzuga oid