UTBANK AJ bank nomini özgartirdi. Bank ma'lumotlariga köra, bankning yagona aksiyadori T.C. Ziraat Bankası A.Ş. (Turkiya) nomni özgartiriş haqida qaror qabul qilgan.

2017 yil 25 dekabrda Markaziy bank yangi firma nomi Ziraat Bank Uzbekistan AJ bölgan bank ustavini davlat röyxatidan ötkazdi.

Nomning özgarişi bankning öz mijozlari va kontragentlari oldidagi huquqlari va majburiyatlari özgarişiga sabab bölmaydi. Barça amaldagi şartnomalar va xizmat körsatiş şartlari, şuningdek bank rekvizitlari özgarişsiz qoladi, deya ta'kidlaydi bank.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning oktabr oyida Ziraat Bank «Agrobank»ning UTBANK’dagi uluşini sotib olmoqçi ekani xabar berilgandi.