Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tabiiy gazni yuridik shaxslarga bozor tamoyillari asosida sotish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda 2021 yilning 1 iyuniga qadar tabiiy gazni yuridik shaxslarga bozor tamoyillari asosida sotish mexanizmi ishlab chiqiladi. Bu – prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2021 yilgi davlat dasturiga kiritildi.
Dasturda quyidagilar nazarda tutilgan:
- tabiiy gazni bozor tamoyillari asosida ulgurji sotish bosqichlari va muddatlarini aniqlash;
- birja savdolarida ishtirok etadigan tabiiy gaz iste'molchilarini «Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi»ga (ASKUG tizimi) ulangan tabiiy gaz oqimini avtomatik ravishda to‘xtatuvchi moslamalar bilan jihozlash;
- Energetika vazirligi, «O‘ztransgaz» AJ va «Hududgazta'minot» AJ o‘rtasida tabiiy gaz iste'moli yuzasidan elektron ma'lumot almashishni yo‘lga qo‘yish.
2021 yilning 10 martiga qadar suyultirilgan gazni bozor tamoyillari asosida sotish mexanizmini jadallashtirish ham belgilandi.
Bunda suyultirilgan gaz bozorida raqobat muhitini yaratish, ishlab chiqaruvchi korxonalarning quvvatlarini oshirish rag‘batlantiriladi. Bundan tashqari, aholi va korxonalarning suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun qulay shart-sharoit yaratish nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
18:02 / 20.05.2026