Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IKEA brendi ostida Toshkent viloyatida mebel fabrikasi qurilishi mumkin
Chirchiqda qurilishi rejalashtirilgan fabrika loyihasining umumiy qiymati 52 million dollar bo‘lishi kutilmoqda.
Foto: YeRA/TASS
Mebel va uy jihozlari ishlab chiqarish hamda sotish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri – IKEA Toshkent viloyatida innovatsion mebel ishlab chiqarish fabrikasini quradi. Bu viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalar dasturida belgilangan.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Behzod Qobulovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, yangi zavod yer maydoni 5,5 gektarni egallashi, uning yillik mebel ishlab chiqarish quvvati 3,2 ming donani, mahsulot qiymati esa 17 million dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 52 million dollar bo‘lib, uning qariyb 42 millioni xorijiy investitsiya hisobiga to‘g‘ri keladi. Fabrika ochilgach, 320 ta yangi ish o‘rni yaratilishi reja qilingan. Loyihaning ishga tushish muddati 22 oy qilib ko‘rsatilgan.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon va Toshkent viloyatlaridagi investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishgani xabar qilingandi. Taqdimotda Toshkent viloyatida bu yil umumiy qiymati 1,6 milliard dollar bo‘lgan 355ta loyiha ishga tushirilishi reja qilingani qayd etilgan. Shuningdek, 187ta yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgani aytilgan.
Mavzuga oid
07:34
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026