Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: Qo‘yilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha qattiq so‘rov bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda rejalashtirilgan vazifalar bo‘yicha selektorda hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish masalasi dolzarbligi haqida gapirdi.
«Har bir hokim va uning o‘rinbosarlari, sektor rahbari, iqtisodiy kompleksga kiruvchi rahbarlar, mahalla raisi o‘z hududidagi resurs va imkoniyatlardan samarali foydalanib, qancha yangi ish o‘rinlari yaratadi, tushum va aholi daromadini qanchaga ko‘paytiradi, kabi savollarga javob izlashi kerak.
Har bir hudud rahbari mahallabay «o‘sish nuqtalari»ni oqilona ishlatish bo‘yicha tizim joriy qiladi.
Bir narsani hamma bilib olsin. Qo‘yilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha qattiq so‘rov bo‘ladi.
Bejizga qator tarmoq va hudud rahbarlarini ishdan olmadik va zarur bo‘lsa, bu jarayon hali yana davom etadi.
Kecha imzolangan farmon asosida, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta'minlash bo‘yicha o‘qitish va kuchaytirilgan nazorat tizimini yo‘lga qo‘yadi.
Davlat dasturi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni jadal tashkil etish kerak.
Qo‘chqorov boshchiligidagi iqtisodiy va Umurzoqov boshchiligidagi investitsiya komplekslari davlat dasturi doirasida iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog‘liq 113ta topshiriq ijrosiga mas'ul.
Yangi ish o‘rinlarini «mahallabay» tashkil etish bo‘yicha joriy yilda davlat dasturi doirasida katta imkoniyatlar yaratildi.
Har bir tuman va shahar sektor rahbari o‘z ishini boshlamoqchi bo‘lganlarga 7 million so‘mgacha subsidiya, kasbga o‘qimoqchi bo‘lgan ehtiyojmand aholiga 1 million so‘mdan kompensatsiya va oilaviy tadbirkorlik uchun yo‘naltiriladigan 6 trillion so‘mdan qanday foydalanishni aniq bilishi kerak.
Buning uchun Qo‘chqorov, Husanov ikki hafta muddatda «temir daftar», «ayollar» va «yoshlar» daftarlariga kirgan fuqarolarga o‘z faoliyatini boshlashi uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilishga 7 million so‘mgacha subsidiyalar ajratish tartibini tasdiqlab, uni amaliyotga kiritishi kerak.
Bu orqali viloyat, tuman va shahar hokimlari birinchi chorakda 7 ming nafar, birinchi yarim yillikda 10 ming nafar va yil yakuniga qadar yana 10 ming nafar aholini ish bilan ta'minlashi shart», degan prezident.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
19:10 / 10.06.2026
Shaharsozlikda bosh reja va master-reja bilan ishlashning yangi tizimi joriy qilinadi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
10:15 / 10.06.2026