Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi kutilmoqda
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishi davom etadi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.
Harorat foni iqlim me'yorlaridan 8-10 darajaga ko‘p bo‘ladi va 15-20 daraja iliq, janubda 22-27 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
16 fevraldan 18 fevralgacha Eron hududlarining janubidan juda iliq havo kirib kelishi kuchayadi. 18 fevral kuni eng issiq kun bo‘lishi kutilmoqda. O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me'yordan 13-15 darajaga ko‘p bo‘ladi va meteorologik kuzatuv davri uchun shu kunlarning mutlaq qiymatlaridan ko‘p bo‘ladi.
Ish haftasining oxiriga kelib, ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
18-19 fevral kunlarida bosim o‘zgarishida respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, ba'zan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Hafta oxirida respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda yomg‘ir qor aralash yog‘adi. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:24
Yanvar oxirida sovuq kunlar bo‘ladimi?
14:48 / 09.01.2026
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
08:54 / 09.01.2026
Noqulay ob-havo sabab bir qator reyslar muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi
10:30 / 08.01.2026