Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy pandemiya vaqtida bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi
Xitoy hukumati davlatlar koronavirus pandemiyasi vaqtida bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishi kerak, deb hisoblamoqda. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I BMT Xavfsizlik kengashining pandemiyaga qarshi ko‘rilayotgan choralarga bag‘ishlangan yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Foto: Wu Hong / Getty Images
Van Ining ta'kidlashicha, Xitoy BMT bilan kelishilmagan holda kiritilgan bir tomonlama sanksiyalarga har doim qarshi bo‘lgan. Shu munosabat bilan u pandemiya ortida “bir tomonlama sanksiyalarning amal qilishini va xalqaro huquq nuqtayi nazaridan asossiz bo‘lgan boshqa choralarning qabul qilinishini to‘xtatib turishga” chaqirgan. U koronavirusga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik zarurligini ta'kidlab o‘tgan.
“Pandemiyaning yangi to‘lqini rivojlanayotgan davlatlarda hamon davom etmoqda. Ixtiloflar yoki gumanitar inqirozlar bor bo‘lgan davlatlar ayniqsa jiddiy qiyinchiliklarga to‘qnash kelmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Xitoy vakili.
Van Ining ta'kidlashicha, Xitoy vaksinalar yaratish va ularni ishlab chiqarishda 10dan ko‘proq davlat bilan hamkorlik qilmoqda. Uning aytishicha, Xitoy 53ta rivojlanayotgan davlatlarga ularning so‘rovi bilan vaksinalar taqdim qilgan.
Xitoy tashqi ishlar vazirining ta'kidlashicha, Pekin bu qadamlarni amalga oshirib, “geosiyosiy maqsadlarga erishish, iqtisodiy naf olish yoki siyosiy shartlar qo‘yishni” ko‘zlamayapti, u faqatgina vaksina hamma uchun ochiq bo‘lishiga intilmoqda.
Mavzuga oid
13:29 / 14.01.2026
Eronda qurbonlar soni o‘smoqda: YeI va Britaniya sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorlanyapti
08:47 / 08.01.2026
Grem: Tramp Rossiya bo‘yicha sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasiga “yashil chiroq” yoqdi
16:16 / 30.12.2025
Germaniyada Usmonovga qarshi ochilgan ikkinchi tergov ham to‘xtatildi
19:11 / 28.12.2025