Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari Shotlandiyada ta'lim olishi mumkin
Shotlandiyaning Glazgo universiteti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan uzoq muddatli hamkorlik asosida talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati xabar berishicha, 18 fevral kuni Shotlandiyaning Glazgo universiteti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan uzoq muddatli hamkorlik memorandumi imzolandi. Belgilangan shartnomaga ko‘ra virusologiya, immunologiya, xirurgiya, stomatologiya, sud tibbiyoti, hamshiralik, bolalar salomatligi va boshqa sohalarda o‘zbek mutaxassislarini tayyorlashga ko‘maklashish, tibbiyot sohasida qo‘shma ta'lim dasturlari ishlab chiqish va ilmiy ishlar olib borishda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur muzokara O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi ko‘magi bilan amalga oshirildi. Onlayn platformadagi muzokaralarda Britaniya tomonidan Glazgo universiteti prorektori R.Sendison, Yevroosiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik ishlari dekani, tibbiy ta'lim maktabi professori M.Boland hamda molekulyar immunologiya professori U.Kashli ishtirok etishdi.

Endilikda bu ikki ta'lim muassasasi o‘rtasida talabalar almashinuvi, «ikki diplom» dasturi, Glazgo universitetining diplomini hamkor universitetda joriy etilgani, o‘zaro diplomlarni tan olish va hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish yo‘lga qo‘yiladi.

Ma'lumot uchun, Glazgo universitetining tibbiyot maktabi Buyuk Britaniya tibbiyot universitetlari ichida 1-o‘rinni egallaydi.
Mavzuga oid
12:14 / 21.03.2026
Shotlandiyada atom suvosti kemalari bazasi yaqinida ikki kishi qo‘lga olindi
12:24 / 19.11.2025
Shotlandiyada drama. Yevropada JChning yana besh ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi
07:20 / 24.07.2025
WSJ Trampning press-pulidan chiqarib tashlanadi
20:49 / 07.05.2025