Jahon | 14:31 / 21.02.2021
4658
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada COVID-19’ga qarshi emlash boshlandi

Avstraliyada 21 fevralda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Greg Xant ABC kanali efirida ma'lum qildi.

Uning aytishicha, COVID-19’ ga qarshi birinchilardan bo‘lib bosh vazir Skott Morrison, bosh sanitar shifokor Pol Kelli va hamshiralar xizmati boshlig‘i Elison Makmillan emlangan. Emlov Pfizer / BioNTech vaksinasi yordamida amalga oshirilgan.

"Bugun birinchi guruh kishilari emlanadi, ular tarkibiga 2 faxriy, qariyalar uyining bir necha xodimi, ilg‘or bo‘g‘in ishchilari kiradi",-deb qo‘shimcha qildi Sog‘liqni saqlash vaziri.

Uning aytishicha u va Sog‘liqni saqlash federal departamenti boshlig‘i Brendan Merfi yaqin kunlarda AstraZeneca vaksinasi bilan emlanadi.

Rejaga ko‘ra, Avstraliyada asosiy emlash dasturi 22 fevralda boshlanadi. Ilk hafta davomida mamlakatning 190 shahrida 60 mingga yaqin odamni emlash rejalashtirilgan.

Avstraliya rahbariyati 150 million doza vaksina olishga shartnomalar imzolagan. Jumladan, COVAX dasturi bo‘yicha AstraZeneca vaksinasidan 53,8 mln doza, Novavax’dan 51 mln doza, Pfizer/ BioNTech vaksinasidan 20 mln doza va boshqa turdagi 25 mln doza vaksina olinadi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda dunyoda 200 milliondan ko‘proq kishi, ya'ni dunyo aholisining 2,6 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olib bo‘ldi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid