Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib keladi
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa qismi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 17-22 m/s gacha, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10 daraja iliq, shimolda 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-10 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zida 17-22 m/s va 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2 daraja sovuq - 3 daraja iliqni tashkil etadi.