Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekinvest» hududiy eksportning 30 foizini sug‘urta himoyasi bilan ta'minladi
2020 yilda «O‘zbekinvest» kompaniyasi O‘zbekiston hududiy eksportining 30 foizdan ortiq qismini sug‘urta himoyasi bilan ta'minlab, 2019 yilga nisbatan 1.5 baravar o‘sish ko‘rsatdi.
Eksport qiluvchi korxonalar 1,5 milliard AQSh dollardan ortiq sug‘urta himoyasi bilan ta'minlandi, 2019 yilga nisbatan o‘sish 154 foizni tashkil qildi.
Eksport geografiyasi kengayishini alohida ta'kidlash joiz bo‘lib, kompaniya Rossiya, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Qozog‘iston, Ispaniya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Kanada, Singapur kabi 29 nafar yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan eksport qaltisliklaridan sug‘urta shartnomalarini imzoladi.
Kompaniya tomonidan, «EKSAR» (Rossiya), NEXI (Yaponiya), SINOSURE (Xitoy), KSure (Koreya), UK Export Finance (Buyuk Britaniya), COFACE (Fransiya), SACE (Italiya), (ICIEC) va Export Credit Etihad Credit Insurance (BAA) va dunyoning boshqa yetakchi davlat eksport-kredit agentliklari bilan jami 30 dan ortiq o‘zaro hamkorlik bitim va memorandumlar tuzildi.
Sug‘urta hodisalarining yuzaga kelishi natijasida eksport qaltisliklaridan sug‘urtalash polislari bo‘yicha milliy eksportchilarga 2020 yilda 1.0 mlrd so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berildi.
Joriy yilda «O‘zbekinvest» kompaniyasi eksport sug‘urtasi bo‘yicha qamrovni kengaytirish va milliy eksportchilarni kompleks sug‘urta himoyasi bilan ta'minlashni vazifa qilib belgiladi.
«O‘zbekinvest» EISK AJ Matbuot xizmati
Mavzuga oid
10:00 / 09.06.2026
«O‘zbekinvest» Shveytsariya sug‘urta bozorining yetakchi kompaniyalari bilan global hamkorlikni rivojlantirmoqda
10:00 / 21.05.2026
“O‘zbekinvest” EISK AJ hududiy filiallari rahbarlari Xitoyda malaka oshirdi
10:00 / 23.04.2026
«O‘zbekinvest» eksportni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro investitsiyalar uchun Skandinaviya hamda Shimoliy Yevropa mamlakatlarida sug‘urta bozorlarining yangi yo‘nalishlarini ochmoqda
10:00 / 14.04.2026